Men haqimda
Salom. Men Malikaman.
Toshkentda yashayman. Kitob oʻqishni, uzun piyoda yurishlarni va kechqurun deraza oldida choy ichishni yaxshi koʻraman. Ertalab uygʻonishni yomon koʻraman, lekin har kuni uygʻonaman.
Nega bu sayt bor
Uzoq vaqt yozganlarimni hech kimga koʻrsatmasdan daftarda saqlab yurdim. Keyin bir narsani angladim: men internetda oʻzimga oʻxshagan qizlarning kundalik hayoti haqida oʻqishni juda istardim — lekin topolmasdim.
Hamma joyda yo maslahat, yo muvaffaqiyat hikoyasi bor edi. Oddiy kunlar — charchoq, ikkilanish, kichik quvonchlar — hech qayerda yoʻq edi.
Shuning uchun oʻzim yoza boshladim.
Bu yerda nima haqida yozaman
Koʻpincha kundalik hayot haqida: kunlarim, kitoblarim, oʻqish, kichik gʻalabalar va xatolar. Baʼzida kasbim haqida. Juda kamdan-kam — koʻz sogʻligʻi haqida, oddiy tilda.
Bu sayt tibbiy maslahat beradigan joy emas va hech qachon boʻlmaydi. Agar sogʻligʻingiz haqida savolingiz boʻlsa, iltimos, shifokorga murojaat qiling.
Bir qator maʼlumot
Davolash ishi yoʻnalishini tugatdim va hozir oftalmologiya boʻyicha ordinaturaga tayyorlanyapman. Hali mutaxassis emasman — oʻrganyapman.
Bogʻlanish
Menga Telegram orqali yozishingiz mumkin. Hamma xatga javob bera olmayman, lekin hammasini oʻqiyman.
Hozir nima bilan bandligimni bilmoqchi boʻlsangiz — Hozir sahifasiga qarang.
Malika